Siz uchun O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan voqea, xodisalar va yangiliklar muhimmi? Sizda ana shu yangiliklarni tayyorlash, qayta ishlash va tarqatish imkoniyati bor. Jamoamiz tezkor, kuzatuvchan jurnalist-muharrirlarni izlamoqda.
Sizning vazifalaringiz:
- • Internet-nashrimiz uchun xabar va mualliflik maqolalari yozish;
- • O‘zbek va rus (yoki ingliz) tillarini a’lo bilish;
- • Kirill va lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
- • Kompyuterda bemalol ishlay olish;
- • Internet-jurnalistikaga bog‘liq boshqa vazifalar.
Bizning takliflar:
- • Oylik: 600 000 so‘mdan boshlanadi (suhbat asosida);
- • Zamonaviy kompyuter;
- • Bepul tushlik;
- • Ofis poytaxtning markaziy qismida joylashgan;
- • Rasmiy mehnat shartnomasi.
Rezyumeni el-pochtamizga yuboring: info@upost.uz