Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi ekstrim-selfi qurboni bo‘ldi


Toshkentdagi maktablardan birining 8-sinfida o‘qigan o‘smir selfi qurboni bo‘ldi. Bu haqda Daryo xabar bergan.

Ismi oshkor etilmagan o‘quvchi ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarini hayron qoldirish maqsadida temir yo‘l bekatiga yashirincha kirib, dastlab poyezd yonida va unga osilgan holda suratga tushgan.

Bunday suratlardan qoniqmagan bola ekstremal holatda selfi qilish uchun poyezd vagoni tepasiga chiqadi. Bu yerda yuqori kuchlanishli elektr toki simiga tegib ketadi.

Tanasining 75 foizi kuygan o‘smir shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan 6 oy yashadi.

Boshqa yangiliklar