GM Uzbekistan zavodining deyarli butun rahbariyati ishdan bo'shatildi


«O'zavtosanoat» AJ raisining Asakadagi GM Uzbekistan zavodiga amaliy tashrifi davomida jiddiy xatolar va ishlab chiqarishdagi qator xodimlarning ishida kamchiliklar aniqlandi, ular o'z lavozimlarini uzoq vaqt davomida egallagan hamda faoliyati ko'p yillar davomida ishlab chiqarishda turg'unlik va zararga sabab bo'lgan, bu haqda Kun.uz xabar bergan.

«Bu ishchilar bo'shatildi, ularning o'rniga yosh va aniq maqsadli mutaxassislar tayinlandi, ular mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirishning yangi konsepsiyasini qo'llab-quvvatlaydi, shuningdek, o'zlaridan oldin ishlaganlarning xatolari ustida tegishli ishlarni amalga oshiradi», - deya xabar berishgan «O'zavtosanoat» matbuot xizmatidan.

Yangi tayinlovlar:

1. Azimov Alisher Mirabbosovich - bosh direktorning umumiy masalalar bo'yicha o'rinbosari vazifasini bajaruvchisi;
2. To'xtaboyev Akramjon Hoshimjonovich - ishlab chiqarish bo'yicha boshqaruvchi direktor vazifasini bajaruvchi;
3. Akbarov Kozimjon Komiljonovich - kommunal xizmat ko'rsatish va kapital qurilish direksiyasi direktori vazifasini bajaruvchi;
4. Abdurahmonov Dilshodbek Avazovich - muhandislik mahsulotlari va ta`minotchilar sifati direksiyasi direktori vazifasini bajaruvchi;
5. To'raqulov Elyor Baxtiyorovich - global xaridlar bo'yicha boshqarma direktori vazifasini bajaruvchi;
6. Mamadaliyev Alisher Murodilovich - muhandislik mahsulotlari va ta`minotchilar sifati direksiyasi direktori o'rinbosari vazifasini bajaruvchi;
7. Mamajonov Anvarjon Mamajonovich - transport tashuvlari bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi;
8. Murodov Akmal Boyqobilovich - ishlar boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi;
9. Shonazarov Shavkat Shuhratovich - presslash sexi boshlig'i vazifasini bajaruvchi;
10. Musayev Abdurahim Pataxovich - bosh direktorning maslahatchisi - markaziy yuklash maydonchasi rahbari vazifasini bajaruvchi.

2016 yilda zavodga rahbarlik qila boshlagan Rustam Rajabov hamon direktor vazifasini bajaruvchi bo'lib turibdi.

Boshqa yangiliklar