Turon internet-provayderi internetda bo'lgan uzilishga izoh berdi


Toshkentlik foydalanuvchilar Turon Telecom internet-provayderining ishlamay qolganidan nolimoqda. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, aloqa uzilganiga bir soatdan oshgan, bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Facebook‘dagi “Potrebiteli.uz” guruhida joylashtirilgan postingga qoldirilgan izohlarda aytilishicha, Toshkent shahrining deyarli barcha tumanlarida provayder xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan. Shuningdek, kompaniya sayti ham vaqtinchalik ishdan chiqqan.

Ayrim mijozlar texnik xizmatga qo‘ng‘iroq qilib, ma’lumot so‘raganda, serverlar yonib ketgani xabar qilingan. Provayderning ko‘pgina mijozlari server yonib ketishi natijasida bir necha kun davomida internetsiz qolishidan xavotirda.

Provayder vakili tarmoqdagi muhokamalarga aniqlik kiritish maqsadida izoh berib o‘tdi. Uning xabar qilishicha, serverlarni sovutish tizimida uzilish ro‘y bergan.

“Hurmatli abonentlar! Serverlarni sovutish tizimida uzilish ro‘y berdi, harorat ko‘tarilib, yomon voqea ro‘y berdi. Buning bari bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi izohda.

Boshqa yangiliklar