Yevropaning 200 dan ortiq kompaniya vakillariga Abdulla Aripov nima deydi?


Respublika TIV matbuot xizmati xabariga tayanib, “Kun” nashrining ma’lum qilishocha, Nemis sharqiy iqtisodiyoti qo‘mitasi saytida maxsus maqola e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Abdulla Aripov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga rasmiy tashrif uyushtiradi.

“2016 yilda mamlakat rahbari o‘zgargan Markaziy Osiyoning ushbu davlati Jahon Banki tomonidan e’lon qilingan “Doing Business Report 2018” hisobotida eng yaxshi o‘ntalik qatoridan joy olgan”, deyiladi maqolada. Nemis sharqiy iqtisodiyoti qo‘mitasi aholisi 30 milliondan ortiq O‘zbekiston diyorini sarmoyadorlar uchun ajoyib imkoniyat, deb baholaydi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 14 noyabr kuni Myunxen shahridagi “Sharqiy Yevropaga ahamiyat - biznes bilan muloqot” konferensiyasida nemis tadbirkorlari doirasi oldida nutq so‘zlaydi. Unda 200ga yaqin Sharqiy Yevropa va Germaniyada faoliyat yuritayotgan kompaniya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni Bavariya Iqtisodiyot vaziri Ilze Aygner ochib berishi belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston bosh vaziri 15 noyabr kuni Bavariya poytaxtida bo‘lib, “O‘zbek-Nemis biznes forumi”da ishtirok etadi.

Tadbirlarning asosiy markazida O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va Yevropa sarmoyasini jalb etishga qaratilgan.

Boshqa yangiliklar