Ispaniya bosh vaziri ruslarni Kataloniya inqirozida aybladi


Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy ma’lum qilishicha, Kataloniyadagi vaziyat haqidagi aksariyat noto‘g‘ri yangiliklar rossiyalik shaxslar profillaridan tarqatilgan. Bu haqda bosh vazir mahalliy “Kope” radiostansiyasi efirida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kun”.

Mariano Raxoy soxta yangiliklarni tarqatish bo‘yicha ishlar juda yaxshi tashkil etilganini alohida qayd etdi.

“Internetda shu yangiliklar tarqatilgan soxta sahifalarning 50% Rossiyadna, 30% esa – Venesueladan bo‘lgan”, - deya ma’lum qildi Raxoy.

Shu bilan birga, uning fikriga ko‘ra, rus xakerlari Kataloniya ssenariysining shunday ko‘rinish olganiga aloqador ekani bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q. 

Bundan oldin, Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon mintaqadagi inqirozni hal qilishning turli yo‘llari, jumladan, viloyat Ispaniya tarkibida qolishi bo‘yicha variantni ham ko‘rib chiqishga tayyorligi ma’lum bo‘lgandi.

Boshqa yangiliklar