Markaziy bank tadbirkor va fermerlarga valyutani naqd olishga ruxsat berdi


O‘zbekiston xususiy tadbirkor va fermer xo‘jaliklariga bankdagi o‘z hisob raqamlaridan naqd valyuta olishga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

"Chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklariga o‘z mablag‘larini erkin tasarruf qilishlarini kafolatlash maqsadida, ularning bank hisob raqamidan chet el valyutasini naqd ko‘rinishida olish huquqi berildi", — deyilgan Markaziy bank xabarida.

Bank xabariga ko‘ra, ushbu islohotlar O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5177-sonli farmonini ijro etish maqsadida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov O‘zbekiston naqd valyuta sotishni bir necha oydan so‘ng, bosqichma-bosqich ochadi degan edi.

Boshqa yangiliklar