Alisher Sa’dullayev: “Ishonch - bu qarz!”


Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘z jamoasiga eng sara yosh yetakchilarni ajratib olish maqsadida Samarqand shahrida yoshlar yetakchilari bilan o‘quv-seminar trening o‘tkazdi, bu haqda Sputnik xababr bergan.

Eng yosh vazir o‘rinbosari sifatida ko‘p tilga olinadigan Sa’dullayev seminarni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTda so‘zlagan nutqi haqida axborot berishdan boshladi. Sa’dullayev prezident BMT minbarida turib ham yoshlar haqida qayg‘urish bilan tilga olganini, mamlakatda yosh avlod uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirganini e’tirof etib o‘tdi.

Prezident bizga juda katta imkoniyatlar berdi, u kishi biz, yoshlarga, ishondi, ishonch esa — bu katta qarz, buni unutmasligimiz kerak, deb ta’kidladi trening davomida Sa’dullayev.

So‘ngra prezident topshirig‘iga ko‘ra yoshlar takliflarini o‘rganayotganini ma’lum qildi. Samarqand — Sa’dullayev 3 kun ichida tashrif buyurayotgan yettinchi viloyat bo‘ldi.

Xalq vaziri o‘rinbosari yosh yetakchilarni ma’rifatsizlikka qarshi kurashishga chorladi. Ularga bolaning ichiga kirib, u bilan dildan suhbatlashishni maslahat berdi va “Bolaga jurnal bering, ko‘rasiz, shu birgina jurnal orqali uning dunyoqarashi shu bugunoq o‘zgarishi mumkin”, — dedi.

Seminar davomida vazir o‘rinbosari o‘z shaxsiy tajribasidan ko‘plab misollar keltirdi.

Sa’dullayev yetakchilar yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak, deya uqtirdi.

Boshqa yangiliklar