Toshkent IIBB yosh tergovchilarni ishga taklif qilmoqda


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tizimlarida bo‘sh bo‘lgan tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi, haqda Toshkent shahar IIBB saytida xabar berilgan.

Tanlovda oliy - huquqshunos diplomiga ega bo‘lib, muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy hizmat o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasi kursini tamomlab, ofitserlar zaxirasiga kiritilgan, bo‘yi 170 sm dan kam bo‘lmagan, 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.


Taklif qilinayotgan maosh miqdori va ish sharoitlari haqida xabar qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017-2021 yillardagi rivojlanishning beshta muhim yo‘nalishini belgilovchi Harakatlar strategiyasi qabul qilingan. Ushbu strategiya doirasida 2017 yilda O‘zbekiston Sud-huquq va Ichki ishlar organlari faoliyati butunday qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga muvofiq, yangicha kadrlar siyosati ham olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar