Ramzan Qodirov Myanmadagi musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan namoyishlarni o‘tkazishga boshqa ehtiyoj yo‘qligini aytdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Myanmadagi rohingya musulmonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi namoyishlarni o‘tkazishga boshqa ehtiyoj yo‘qligini aytdi.

“Ayni vaqtda namoyishlarni o‘tkazishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Agar bu namoyishlar kerak bo‘lganda, men bu maqsadda Grozniyning markaziy maydonini taqdim qilib, barcha sharoitlarni yaratib bergan bo‘lardim”, deb yozgan Qodirov instagramda.

Qodirov, shuningdek, “tashviqotlarga berilmaslik” va rohingyalarga imkoni boricha gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirgan.

10 sentyabrda Sankt-Peterburgda rohingyalarni qo‘llab-quvvatlovchi tartibsiz namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishda 100 dan ko‘proq odam kelishilmagan tadbirdagi ishtiroki uchun ushlangan.

4 sentyabrda Grozniyda myanmalik musulmonlarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiya o‘tgandi. Unda 1,1 mln kishi qatnashgan.

Boshqa yangiliklar