Toshkent vokzali yaqinidagi 118 yillik suv minorasi buzib tashlandi


Toshkent (Shimoliy) vokzali yaqinida, Temir yo‘l texnikasi muzeyi ro‘parasida joylashgan suv minorasi 7 sentyabr kuni buzib tashlandi. Bu haqda Feysbukdagi “Tashkent Retrospective” guruhida xabar qoldirildi, deb yozmoqda “Uz24.uz”.

Xabarda yozilishicha, ushbu suv minorasi 118 yil avval arxitektor Georgiy Svarichevskiy chizmasi asosida qurilgan. U, shuningdek, 1899 yil 1 mayda ochilgan “Toshkent—Passajirskiy” (Shimoliy vokzal) stansiyasini ham loyihalashtirgan.

Bu ishlar Kichik halqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasida qayta tiklanayotgan yo‘l o‘tkazgich bilan bog‘liqligi qayd etilmoqda.

Mazkur ko‘prik 2017 yil 1 sentyabrda ochilishi kutilgan edi, biroq qurilish ishlari hali to‘liq yakunlanmagani bois, muddat yana uzaymoqda.

Boshqa yangiliklar