Shavkat Mirziyoyev andijonlik qirgʻiz baxshiga Malibu va uy sovgʻa qildi


Sovgʻa baxshining oʻzbek-qirgʻiz millatining doʻstligi va boshidan kechirgan musibatlari haqidagi qoʻshigʻi uchun berilgan, deb xabar bermoqda “Sputnik” nashri.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov andijonlik qirgʻiz baxshi Idiris Ayitbayevga Chevrolet Malibu va uy sovgʻa qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Bu haqida kecha “Doʻstlik” oʻtkazuv-nazorat punkti ochilish marosimida Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abduraxmonov xabar qilgan.

Idiris Ayitbayev aytishiga koʻra, u Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari oldida ikki xalq doʻstligi va xalqlar boshidan kechirgan sinovlari haqida qoʻshiq kuylagan ekan.

“Almazbek Shershenovich meni ijodim uchun minnatdorlik bildirganda koʻnglim quvonchga toʻldi. Shu vaqt Shavkat Miromonovich oʻz yordamchilariga menga sovgʻa berishni topshirgan ekan. Ushbu yangilikdan hayajonga tushib titrab ketdim” – degan baxshi oʻzining Feysbukdagi sahifasida.

Idris Aytbayev oʻzbek va qirgʻiz tillarida kuylaydi. Internetda tarqalgan videolavhalaran birida u chet eldan kelgan mehmonlar oldida qirgʻiz, oʻzbek, rus, ingliz va turk tillarida qoʻshiq aytgani ham maʼlum.

Boshqa yangiliklar