“O‘zbegim” festivali asosiy voqeasi Jahondagi eng katta palovga solinadigan masalliqlar ro‘yhati


Jahondagi eng katta - 8 tonnalik palov rekordini o‘rnatish uchun 1900 kg guruch, shuncha go‘sht va 220 kilo dumba ishlatiladi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.


“O‘zbegim” an’anaviy madaniyat festivali tashkiliy qo‘mitasi 8 sentyabrda o‘tkaziladigan tadbir oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda aytilishicha, festivalning asosiy voqeasi eng katta palov damlanishi bo‘ladi.

Umumiy og‘irligi 8 tonna bo‘lishi kutilayotgan gigant-palovga quyidagi masalliqlar solinadi:

1. Mol go‘shti – 1500 kg;
2. Qo‘y go‘shti – 400 kg;
3. Dumba – 220 kg;
4. Guruch – 1900 kg;
5. Sabzi – 2700 kg;
6. Piyoz  220 kg;
7. O‘simlik yog‘i – 440 litr;
8. Tuz  57 kg;
9. No‘hat  100 kg;
10. Mayiz  190 kg;
11. Zira  5 kg;
12. Murch  2 kg.

Palov Mehribonlik va Muruvvat uylariga, nogironlarga tarqatiladi.

Festival doirasida, shuningdek, ko‘ngilochar konsert, dorbozlar chiqishi, amaliy san’at bo‘yicha mahorat saboqlari, modalar namoyishi va boshqa ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar