Korporativ transport haydovchilari 2 yilda bir marta malaka oshiradilar


Vazirlar Mahkamasining 4.09.2017 yildagi 693-son «O‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash, va qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda Uz24.uz xabar beradi.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yilning 1 yanvaridan e’tiboran yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari haydovchilari 2 yilda 1 marotaba malaka oshirish mashg‘ulotlarini o‘tashlari shart.

Kelgusi yilning 1 iyulidan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini malaka oshirish kurslarini o‘taganlik to‘g‘risidagi sertifikatsiz boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi. Shuningdek, bunday huquqbuzarlik litsenziya/litsenziya kartochkalarining amal qilishining to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishiga sabab bo‘lish mumkin.

Qarorni samarali amalga oshirish maqsadida avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha «Avtotest 3.0» o‘quv-uslubiy kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanilgan va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini oshirishga qaratilgan o‘qitishning monitoring qilish va rejalashtirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi joriy etilgan.

Mazkur hujjatning to‘liq matni bilan, u bilan bog‘langan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Boshqa yangiliklar