Saudiya Arabistonida mini-yubka kiygani uchun qo'lga olingan qiz ozod qilindi


Saudiya Arabistoni polisiyasi seshanba kuni kalta yubka kiygani uchun qo'lga olingan qizni ozod qilishdi. Olti soniyali videorolikka tushib qolgan qiz mini-yubka va kalta koftada ko'cha bo'ylab sayrga chiqqan. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan muhokama qilingan.

Twitter’da kimlardir qizni qo'llab-quvvatlagan bo'lsa, yana boshqalar turli muhokamali xeshteglar qoldirishgan. Sababi, Saudiya Arabistonida ayollar yopiq liboslar kiyib yurishlari kerak. Ma'lum bo'lishicha, qiz hali aybdor deb topilmasdanoq, qo'lga olingani uchun ozod qilingan. Internetdagi videorolik esa qizning ruxsatisiz joylashtirilgan.

Boshqa yangiliklar